Asosiy qismga ötiş
SQB AI
Yangilaniş

Sun’iy intellekt va xalqaro QR tölovlar: SQB FINOBOD forumida bank texnologiyalari kelajagini muhokama qildi

  • 14 noyabr 2026
  • FINOBOD forumi, Toşkent
  • SQB vakili Sergey Kozlov, Octobank vakili Roman Tretyakov, Click vakili Naima Mirzayeva, HUMO vakili Islam Diyarov, PAY10 vakili Yekaterina Zemskova
Sun’iy intellekt va xalqaro QR tölovlar: SQB FINOBOD forumida bank texnologiyalari kelajagini muhokama qildi

Bank bozori sun’iy intellekt mijoz topşiriği böyiça moliyaviy operatsiyalarni amalga oşiradigan, odatiy tölov vositalaridan esa öz mamlakatidan taşqarida ham foydalaniş mumkin bölgan modelga qarab harakatlanmoqda. Uşbu özgarişlar Toşkentda bölib ötgan FINOBOD forumining “Banklar va tölov platformalari” sessiyasida asosiy mavzulardan biriga aylandi.

Octobank vakili Roman Tretyakov aviaçiptalarni mustaqil ravişda tanlaş, mehmonxonani band qiliş va tölovni amalga oşirişga qodir bölgan AI agentlariga misol keltirdi. Uning sözlariga köra, bank Banking as a Service modelini rivojlantirmoqda, ya’ni hamkorlar öz xizmatlarini yaratişi mumkin bölgan moliyaviy infratuzilmani taqdim etmoqda.

SQB vakili Sergey Kozlov kreditlaşga sun’iy intellektni joriy etiş haqida sözlab berdi. Uning fikriça, kredit beriş böyiça qaror tuşunarli bölişi kerak, mijozga avtomatik rad javobi örniga esa muqobil şartlarni, masalan, bölib tölaş yoki moslaşuvçan tölov grafigini taklif qiliş lozim. Bank şuningdek nutqni tanib oliş, hujjatlarni qayta işlaş va boşqa vazifalar uçun umumiy texnologik komponentlardan foydalanmoqda.

Click vakili Naima Mirzayeva moliyaviy xizmatlarni şaxsiylaştiriş va foydalanuvçilarni qöllab quvvatlaş uçun AI ni qöllaş haqida ma’lumot berdi. Bu bilan birga, texnologiyalarning rivojlanişi firibgarlik sxemalarining murakkablaşişi bilan ham keçmoqda. Tölov kompaniyalariga şubhali operatsiyalarni avtomatik aniqlaşni takomillaştiriş hamda mijozlarni xatarlar haqida ogohlantiriş bilan bir vaqtda şuğullanişga töğri kelmoqda.

HUMO vakili Islam Diyarov QR tölovlarning qiymati va ularga xizmat körsatiş xarajatlari masalasini kötardi. U şuningdek tölov tizimlarini xalqaro integratsiya qilişda mijozlarni identifikatsiya qiliş, pul yuvişga qarşi kuraş va tranzaksion ma’lumotlar almaşiş tartiblarini uyğunlaştiriş zarurligini qayd etdi.

PAY10 vakili Yekaterina Zemskova turli davlatlarning milliy QR tizimlarini API orqali birlaştiriş imkoniyati haqida gapirib berdi. Bu sayohatçilarga çet elda ham odatiy tölov vositalari bilan hisob kitob qiliş imkonini beradi. Yana bir istiqbolli yönaliş stablecoinlar bölib, ular mahalliy tartibga soliş ruxsat bergan taqdirda çegaralararo ötkazmalarni tezlaştirişi va arzonlaştirişi mumkin.

Şunday qilib, asosiy özgarişlar nafaqat tölov usullariga, balki moliyaviy xizmatlar arxitekturasining öziga ham ta’sir qilmoqda: AI agentlardan tortib tölov tizimlarining xalqaro moslaşuviga qadar.