SQB o'z AI-transformatsiyasini xalqaro maydonda taqdim etdi

Toshkentda moliya va texnologiyalar sohasidagi xalqaro ekspertlarni birlashtirgan "Silk Road Finance & Technology Forum" o'tkazilmoqda.
O'zsanoatqurilishbank (SQB) forumda so'nggi olti oyda bankning AI-transformatsiyasi doirasida erishilgan natijalarni "Sun'iy intellekt asosida ishlaydigan bankni shakllantirish: SQBning Markaziy Osiyo miqyosidagi AI-transformatsiyasi" mavzusidagi taqdimot orqali namoyish etdi.
6 oyda nima o'zgardi?
🔹 korporativ AI strategiyasi ishga tushirildi;
🔹 yagona korporativ AI platformasi - SQB.Nova ishga tushirildi;
🔹 6 ta asosiy biznes yo'nalishi AI-transformatsiya bilan qamrab olindi;
🔹 qariyb 2 ming xodimning raqamli ko'nikmalari rivojlantirildi;
🔹 Nova platformasida turli loyihalarda qayta qo'llash mumkin bo'lgan 8 ta texnologik komponent shakllantirildi.
SQB.Nova qanday ishlaydi?
Platforma xodimlar faoliyati, mijozlar bilan ishlash, ekspert tahlili, qaror qabul qilish va operatsion jarayonlarda AI yechimlarini qo'llash uchun umumiy texnologik asosni birlashtiradi.
"AI-transformatsiya natijasi bankda nechta AI modeli joriy etilgani bilan o'lchanmaydi. Asosiy mezon - sun'iy intellekt bank jarayonlariga qanday amaliy samara berayotgani va ish samaradorligini qay darajada oshirayotganidir", - deydi "O'zsanoatqurilishbank" ATB Boshqaruv raisi maslahatchisi - sun'iy intellekt bo'yicha bosh direktor Sergey Kozlov.
SQBda AI yechimlari yagona korporativ arxitektura asosida rivojlantirilmoqda. Bir yo'nalishda ishlab chiqilgan texnologik komponentlar va to'plangan tajriba keyingi mahsulotlarda qayta qo'llaniladi. Bu yangi AI yechimlarini bankning turli biznes jarayonlariga tezroq olib kirishga yordam beradi.
Bir platforma. Turli biznes yo'nalishlari. Yagona AI ekotizimi.
SQBda sun'iy intellekt - bank transformatsiyasining bugungi muhim qismi.